Kansler Yevropa kompaniyalari Eronni tark etishini bildirdi

18:10 24 May 2018 Dunyo
317 0
Foto: russian.news.cn

Xitoyning Tyananmen markaziy maydoni Xalq majlislari uyida Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan tomonidan tantanali kutib olindi. Bu haqida “TASS” axborot manbasi xabar berdi.

Li Ketsyan bilan muloqot chog‘ida har ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari haqida fikr bildirildi. 2017 yil yakuni bo‘yicha XXR Germaniyaning birinchi raqamli savdo sherigiga aylanib, o‘zaro tovar aylanmasi 186,8 milliard yevroni tashkil etdi. 

Merkel Berlin agar Xitoy YeI investitsiyalari uchun sharoitni yaxshilasa, mazkur ko‘rsatkichlarni sezilarli oshirish mumkinligiga ishonch bildirdi. 

O‘z navbatida u Yevropaning qator kompaniyalari Eronni tark etishi, ularning o‘rnini Xitoy korxonalari egallashi mumkinligini ta’kidlagan.

Buning sababi, kanslerning fikricha, AQSh sanksiyalari yevropalik ishbilarmonlarni istasa-istamasa Tehronni tark etishiga olib keladi. Shunga qaramay Berlin Eron bilan yadro bo‘yicha kelishuvga hurmat bilan qarashini aytgan.

“Eron bilan kelishuvga kelsak, u, albatta, ideal emas, lekin boshqa variantlar yanada beqarordir, shuning uchun biz mazkur kelishuvni hurmat qilishda davom etamiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun Germaniya kansleri Chin o‘lkasida ikki kunlik tashrif bilan borgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro savdo-iqtisodiy masalalar, Eron va Koreya yarim orolidagi vaziyat bilan bog‘liq qator mintaqaviy va global ahamiyatga ega muammolarni muhokama qilishdan iborat. 

Safar chog‘ida XXR raisi Si Szinpin bilan ham uchrashadi. Ertaga esa Janubiy Xitoydagi Guandun muzofoti Shenchjen shahriga borib, Germaniya-Xitoy tashqi savdo palatasining innovatsion xabi ochilishida ishtirok etadi va “Siemens” zavodiga tashrif buyuradi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?