Kanalizatsiyani taʼmirlash vaqtida koʻchki sodir boʻldi. Qurbonlar bor

12:58 29 Oktyabr 2018 Dunyo
542 0
Foto: АNSA

Italiyaning Kalabriya shahrida kanalizatsiyani taʼmirlash vaqtida sodir boʻlgan yer koʻchkisi oqibatida toʻrt kishi hayotdan koʻz yumgan.

Bu haqda Italiyaning ANSA axborot agentligi xabar bermoqda.

“Kechqurun yomon ob-havo tufayli zararlangan kanalizatsiya tizimlarini taʼmirlash paytida koʻchki sodir boʻlishi oqibatida toʻrt kishi tuproq ostida qolib halok boʻldi”, deyiladi xabarda.

Halok boʻlganlar orasida sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat olib borgan mamlakatdagi taniqli tadbirkor Massimo Morelli borligi maʼlum qilindi.

Huquqni muhofaza qilish organlari mazkur hodisa yuzasidan tekshirish olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?