Kanalga toʻr tashlagan 65 yoshli fuqaroni girdob tortib ketdi

16:20 04 Iyul 2019 Jamiyat
437 0

Illyustrativ foto

Baliq ovlash, ayniqsa, sinalmagan suv manbalarida bu ish bilan shugʻullanish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanining Shahand qishlogʻida yashovchi 65 yoshli Muhiddin Tojiboyevning baliq tutishga ishtiyoqi fojia bilan tugadi.

Gap shundaki, qoʻshni Mingbuloq tumanidan oqib oʻtadigan, xalq tili bilan aytganda “Bomba” kanali deb nomlanuvchi inshootdan baliq tutish uchun tashlangan toʻrning orqasidan suzib borayotgan toʻrt nafar “ovchi”girdobga duch kelib qoladi.Sheriklari bir amallab undan uzoqlashishga muvaffaq boʻladilar. Muhiddin akani esa shiddat bilan oqayotgan suvning uyuri domiga tortadi.

Hodisa oʻtgan juma kuni sodir boʻlgan edi. Ikki kunlik qidiruvdan soʻng M. Tojiboyevning jasadi kanalning quyi qismidan qalqib chiqadi. “Yaxshi inson edi”, deyishadi hamqishloqlari uni xotirlab.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?