Bedarak yoʻqolgan 1,5 yashar bolaning jasadi topildi

15:40 12 Avgust 2020 Jamiyat
6428 0

Yangiyoʻl tumani IIB navbatchilik qismiga joriy yilning 9-avgust kuni soat taxminan 20:00da Yangiyoʻl tumani, Qoʻshtepa MFY, Oʻzbekiston koʻchasi,7-uyda yashovchi fuqaro M.Ortiqaliyev 16.10.2018-yilda tugʻilgan nabirasi U.Rixsitillayev uydan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligi haqida murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur murojaatga asosan tuman prokurori oʻrinbosari D.Azimov, tuman prokurori katta yordamchisi J.Rustamov va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, voqea joyini koʻzdan kechirib, holat yuzasidan tushuntirish xatlari olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyoʻl tumani, Qoʻshtepa MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 7-uyning orqa tomonidan “Joʻn ariq” kanali oqib oʻtganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida 02.08.2004-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan O.Xoldorov Yangiyoʻl shahar, Fayzobod MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Joʻn ariq” kanalida yoshi taxminan 1,5-2 yosh boʻlgan bola tanasi suvda koʻringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli, bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini oʻz tushuntirish xatida bayon qilgan.

Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulotda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda “Joʻn ariq” kanali suvi 3 soatga toʻxtatib qoʻyilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirildi.

12.08.2020-yilda Yangiyoʻl tumani, Mirzaboboyev MFY, Ohunboboyev uchastkasidan oqib oʻtuvchi “Joʻn ariq” kanalidan 16.10.2018-yilda tugʻilgan U.Rixsitillayevning murdasi jonsiz holatda topildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?