Kanada kompaniyasi Samarqandda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etadi

Mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2030 yilda ikki barobar oshib, qariyb 120 milliard kilovatt/soatga yetishi kutilmoqda. Iqtisodiyot rivoji, aholi sonining o‘sishi va turmush darajasi yaxshilanishi kabi omillar bu jarayonni yanada tezlashtirishi, tabiiy. Ammo elektr toki ishlab chiqarishda foydalanilayotgan uglevodorod zaxiralari kun kelib tugashi allaqachon tasdig‘ini topgan. Bu esa yoqilg‘ining muqobil yo‘llarini izlab topish, qayta tiklanuvchi resurslardan kengroq foydalanishni taqozo qilayotir.
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, o‘lkamiz tabiiy-iqlim sharoiti, geografik joylashuvidan kelib chiqib, xorijlik hamkorlar ko‘magida energetikaning yangi yo‘nalishlarini o‘zlashtirish sa’y-harakatlari boshlab yuborilgan.
Aytaylik, germaniyalik mutaxassislar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida muntazam esib turadigan shamol yo‘llari aniqlandi. Bu esa umumiy quvvati 3000 MVtlik shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishga turtki bo‘ldi. Ularning dastlabkisini quvvati 100 MVtga teng. Mazkur inshoot “Siemens” kompaniyasi tomonidan Zarafshonda bunyod etiladi.
“Bundan tashqari, ko‘plab xususiy kompaniyalar Navoiy, Surxondaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda quvvati 2000 MVtlik quyosh elektr stansiyalarini qurish taklifini bildirishmoqda. Takliflar jamiyatimiz hamda boshqa mas’ul idoralar tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Ushbu yo‘nalishdagi eng yirik loyiha ijrosiga, hademay, Samarqand viloyatida kirishiladi. Umumiy quvvati 1000 MVtga teng mazkur quyosh fotoelektr stansiyalari Kanadaning “SkyPower Global” kompaniyasi tomonidan barpo etiladi“, - deydi “O‘zbekenergo” AJ mas’ul xodimi Abdurashid Mirzayev.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: