Kambagʻal va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻriladi — Prezident qarori

21:24 11 Avgust 2020 Hujjatlar
657 0

Illyustrativ surat

“Kambagʻal va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat orqali aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga oʻqitishga, nodavlat sektori imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun davlat yordamini berish mexanizmi joriy qilinadi.

Nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarini tashkil etish uchun “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish muassasalarining binolari, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra boshqa boʻsh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi;

Nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalariga oʻquv dasturlari va oʻqituvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi;

“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini xalqaro WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi;

Skills pasporti oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtiriladi;

Ushbu loyihalar ijrosi uchun 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 150 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi;

Har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkaziladi. Tanlov gʻoliblarining loyihalarini ragʻbatlantirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan qoʻshimcha ravishda 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?