KamAZ jarga qulab tushdi. 6 kishi hayotdan koʻz yumdi

12:05 09 Fevral 2019 Dunyo
489 0

Foto: belta.by

Rossiyaning Kemerovo oblastida KamAZ rusumli transport vositasining jarlikka qulab tushishi oqibatida 6 kishi hayotdan koʻz yumdi, 16 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi, deb xabar berdi BelTA.

Rossiya davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi maʼlumotiga koʻra, Mejdurechensk hududidan 100 km. uzoqlikdagi hududda ishchilarni olib kelayotgan KamAZ avtomashinasi 8 — 10 metr tepalikdan pastga agʻdarilib ketgan.

Mashinada “Razrez Raspadskiy” OAJning 21 nafar xodimi boʻlgan. Ular koʻmir shaxtasiga ketayotgan edi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur insident haydovchi boshqaruvni yoʻqotganligi oqibatida yuz bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?