Kuchli issiq harorat tufayli korxonada portlash sodir bo‘ldi

13:55 13 Iyul 2018 Dunyo
537 0
Foto: НТВ

Qohira (Misr) aeroporti yaqinidagi korxonalardan birida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida kamida 12 kishi tan jarohati olgan.

Mahalliy Al-Youm al-Sabia gazetasining mamlakat xavfsizlik kuchlari vakiliga tayanib xabar berishicha, baxtsiz hodisa yuz bergan joydan o‘n kishi olib chiqilgan. Ular ayni paytda kasalxona bo‘lib turibdi.

Ushbu voqea yuz bergani haqida dastlabki tarqatilgan axborotlarda uch kishining jabrlangani aytilgan edi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash yonilg‘i saqlash omborida yuz bergan. Bunga kuchli issiq harorat sabab bo‘lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?