Kadrlar qo‘nimsizligi qanday hal etiladi? 

16:41 04 May 2018 Jamiyat
564 0

 

Foto: Dinara Chirkova, "Xalq so`zi".

“O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuida ish boshlagan “JobFair  — 2018” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ishtirokchilari shu haqda ham ma’lumotga ega bo‘ldilar. 

O‘n birinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda  iqtisodiyotimizning sanoat, moliya, energetika, savdo va xizmat ko‘rsatish,  shuningdek, axborot texnologiyalari sohalarida faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq korxonalar 500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida “Unitel”, “Enter Engineering”, “Hyatt Regency Tashkent”, “Turon Telecom”, “Universal Mobile Systems” kabi yirik kompaniyalar borligi diqqatga sazovor. 

Foto: Dinara Chirkova, "Xalq so`zi".

Yarmarkasi doirasida “Xodimlarni qiziqtirishning zamonaviy texnologiyalari” mavzuida tashkil etilgan mahorat sabog‘i barchaga birdek manzur bo‘ldi. Negaki, unda 20 yildan ortiq tajribaga ega rossiyalik biznes-trener va maslahatchi Boris Jalilo tomonidan xodim qiziqishi yo‘qolishiga olib keladigan oddiy xatolar, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish usullari, ishchilarning rejalar bajarilishi va foydali ish koeffitsiyentini oshirishdan manfaatdorligi kabi dolzarb masalalar bo‘yicha tavsiyalari tinglandi.

Foto: Dinara Chirkova, "Xalq so`zi".

Shundan so‘ng ishtirokchilarga ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqotlarga kirishib, bo‘sh ish o‘rinlari, xodimlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar oldilar. Natijada bir qancha yoshlar o‘zlariga maqbul ish topishga muvaffaq bo‘ldilar.  

Bugungi yarmarkada ishtirok etolmaganlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Gap shundaki,  “JobFair — 2018” yarmarkasi 7 maydan onlayn rejimiga o‘tadi. Talabgorlar besh kun davomida www.jobfair.uz sayti orqali o‘zlariga munosib ish topishlari mumkin. 

S. IBODULLAYEV.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?