Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosarlari tayinlandi

21:21 21 Sentyabr 2020 Siyosat
333 0

Hukumatning tegishli qarori bilan Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Unga koʻra:

Atabek Validjanovich Allaberganov Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib;

Tulqin Mansurovich Abdullayev Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari etib;

Mirsaid Sadikovich Mirmaksudov Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari etib;

Abdushukur Xamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezidentning tegishli qarori bilan (PQ-4834, 18.09.2020y) Xalilillo Sobirjonovich Turaxujayev Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari – Qoʻmita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?