YTH oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soʻnggi manzilga kuzatildi

22:25 22 Aprel 2019 Jamiyat
356 0

2019 yil 20 aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani “Olmaota — Toshkent” avtomobil yoʻlining 181-kilometrida yoʻnalishdagi avtobus harakatlanib kelayotganda boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir etilgani hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ertalab marhuma Dilorom Yermekbayeva Quyichirchiq tumani “Qoʻshiq” mahallasidagi qabristonga, marhumlar Oʻrinboy Abduxalikov va Alisher Kalmuradov peshinda Ohangaron tumani “Yangi hayot” mahallasi qabristoniga dafn etildi.

Marhumlarning oxirati obod boʻlsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?