YPX xodimlarida mobil videokameradan foydalanishiga oid talab 2020-yil 1-yanvarigacha uzaytirildi

Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot ” kanali xabar qildi.
Qonunchilikka muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan yoʻl-patrul xizmati xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqida yoʻl harakati qatnashchilariga maʼlum qilishi kerak edi.
Qaror bilan YPX xodimlari xizmat vazifalarida mobil videokameradan foydalanishiga oid talab 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Shunga koʻra, yoʻl harakati qatnashchilari 2020-yil 1-yanvargacha xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi.
Eslatib oʻtamiz, yoʻl harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno).
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: