YPX xodimi sizni toʻxtatganda...

09:32 10 Mart 2020 Jamiyat
904 0

Arxiv surat

Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻl-patrul xizmati (YPX) xodimlari bilan munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

— YPX xodimi tomonidan toʻxtatish asoslari hamda qoidalarning qaysi bandi buzganligi toʻgʻrisida tushuntirish berishni talab qilish;

— transport vositasini toʻxtatgan YPX xodimidan oʻzini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini koʻrsatishini va koʻkrak nishon belgisini maʼlum qilishini talab qilish;

— xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;

— YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (taqiqlangan belgi mavjud hududlardan tashqari);

— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatga kirishish;

— sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;

— huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini koʻrsatishni talab qilish;

— huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;

— asossiz toʻxtatib turilmasligini talab qilish;

— YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi koʻzdan kechirish jarayonida ishtirok etish;

— oʻzi toʻxtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya koʻchirmasi bilan shu joyning oʻzida tanishish;

— maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan soʻng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf boʻlimi boshligʻidan dislokatsiya haqida yozma maʼlumot berishni talab qilish;

— oʻziga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va boshqa ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan oʻz hisobidan nusxa koʻchirish yoki ularni fotosuratga olish;

— YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish;

— oʻzi guvohi boʻlgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy maʼlumotni bayon qilish

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?