Yoʻqolgan futbolchining jasadi suvdan chiqarib olindi

13:21 07 Fevral 2019 Dunyo
425 0

Xabaringiz bor, shu yil 21 yanvar kuni ikki kishini olib ketayotgan yengi motorli PA 46 Malibu samolyoti La-Mansh ustida radarlardan yoʻqolgandi. Ulardan biri argentinalik futbolchi Emiliano Sala edi.

3 fevral kuni samolyot qoldiqlariga duch kelindi. Oradan vaqt oʻtib futbolchining oila aʼzolari tomonidan yollangan xususiy kompaniya hamda Britaniyaning aviatsiya halokatlari tekshiruvlari boʻyicha komissiyasi bilan hamkorlikda ularning jasadlari ham topildi. Biroq kuchli oqim ularni suvdan chiqarib olishga xalaqit berayotgan edi.

Sky Sports telekanalining xabar berishicha, bugun ushbu murakkab ishning uddasidan chiqilgan. Identifikatsiya jarayonlari endi oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?