Yo‘lovchini o‘ldirib, uni ariqqa tashlab qochgan haydovchi qidirilmoqda

18:28 05 Iyul 2018 Jamiyat
369 0
Foto: vnd12.ru

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 4 iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Yuziya qishlog‘ida joylashgan “Yuziya” MFY binosi oldida haydab ketayotib shu MFYda yashagan M.B.ni urib yuborgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa o‘z jinoyatini yashirish uchun uning jasadini Toshloq tumani Zarkent qishlog‘i A.Navoiy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariqqa tashlab ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

“Agarda kimda-kim ushbu holatga guvoh bo‘lgan, haydovchi yoki avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga xabar berishlarini so‘raymiz!”, deyiladi IIV bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?