Yoʻlovchi samolyoti dengizga qulab tushdi. 189 kishi halok boʻlgan

11:39 29 Oktyabr 2018 Dunyo
642 0
Manba: Flightradar

Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda TASS xabar berdi. Jakartadan Pankal Pinang shahriga parvozni amalga oshirayotgan layner bortida, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, 189 kishi, jumladan, uch nafar yosh bola, ikki nafar uchuvchi va olti nafar bort kuzatuvchilari edi.

“Belta” manbasida xabar berishicha, fojia oqibatida ularning barchasi halok boʻlgan. Samolyot havo koʻtarilgandan biroz oʻtib Yava oroli yaqinidagi dengizga qulab tushgan.

Qayd etilishicha, layner komandiri havoga koʻtarilishi bilan, favqulodda qoʻnish uchun ruxsat soʻragan. Ekipaj ruxsat olishi bilan samolyotni aeroport tomon bura boshlagan, biroq shundan soʻng bort bilan aloqa uzilgan, samolyot esa radar ekranlaridan yoʻqolib qolgan.

Kompaniya rahbari Edvard Sirait ayni paytda voqeaga izoh bera olmasligi, hodisa boʻyicha barcha maʼlumotlar yigʻilayotganini bildirgan.

Mamlakatning qidiruv va qutqaruv boʻyicha milliy agentligi boshligʻi Muhammad Sayugi samolyot qoldiqlari hamda yoʻlovchilarning shaxsiy buyumlari topilganini maʼlum qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?