Yoʻldagi “garmoshka“lar

18:15 07 Noyabr 2019 Jamiyat
841 0

Tahririyat topshirigʻiga koʻra, hozirgina Paxtakor-Doʻstlik yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketaturib, ayanchli yoʻl harakati hodisasi guvohi boʻldik. Suratlarda  aks etayotganidek, bir necha yengil avtomashinalar jiddiy shikastlangan. Hodisa YHX tomonidan nazoratga olingan...

Bu salbiy voqeaga sabab boʻlgan omillarniku YHX xodimlariga qoldiramizda, masalaning ikkinchi tomonini sharhlasak. Gap shundaki, yoʻl mohiyatan tekis boʻlgani bilan, garmoshka ekanligini, bu yoʻldan ilk bor oʻtayotgan haydovchi bilmaydi. Oqibat natijada oʻta mashʼum holat yuz bermasligiga kim kafolat beradi? Taxminan soatiga 30-40 km harakatlanayotgan transport vositamiz ham xuddi belanchakdek tebranib ketayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.

-E, aka, bu yoʻllarimiz necha yillardan beri shu ahvolda. Nazarimda, transport vositalarining yoʻl terib oʻtishlariga aynan mana shu garmoshkalar ham jiddiy sabab boʻlyapti deydi, - shaxsini oshkor qilishni istamagan haydovchi. Paxtakor-Zafarobod tomonga burildik. Bu yoʻl bundan-da ayanchli garmoshkalardan iborat ekan. Bu holatlarga viloyatdagi tizimga masʼul rahbarlardan tegishdi javob kutib qolamiz.

Umid SORIYEV, Tolibjon ERGASHEV (Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?