Yo‘l qoidasini buzish — umr zavoli

17:57 03 Iyul 2018 Jamiyat
191 0

2 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Yakkabog‘ tumanida yashovchi Sh.N. “Kamaz-55102” rusumli yuk avtomashinasini shahar hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lining 1173-km.da haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qamashi tumanida yashagan S.F. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomashina haydovchi S.F. va uning yo‘lovchisi S.P. ismli ayollar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?