Yo‘l qoidalarini buzganlik uchun to‘lanadigan jarimalarning bir qismi YPX xodimlarining o‘ziga beriladi

10:56 10 Iyul 2018 Jamiyat
766 0
Arxiv foto

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan solinadigan va Ichki ishlar vazirligining Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa harakatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilandi.

Jamg‘arma mablag‘laridan faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun foydalaniladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?