Yoʻl harakati xavfsizligining yangi qoidalari qachondan amalda boʻladi?

16:22 15 Aprel 2019 Jamiyat
667 0

Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga kiritilgan yangi oʻzgarishlar hozircha jarimaga tortilmaydi. Bu haqida Toshkent shahar IIBBga asoslangan holda “Gazeta.uz” xabar berdi.

IIBB yangi qoidalar buzilishi boʻyicha qachondan jarimaga tortish boshlanishini rasman eʼlon qiladi. Yaqinda tashkil etilgan brifing chogʻida IIBB boʻlim boshligʻi Azizxon Umarxonov aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga oʻzgarish Oʻzbekiston hukumati qarori bilan 9 apreldan kiritilgan edi. Oʻzgarishlar bilan ushbu havola orqali yana bir bor tanishib olishingiz mumkin.

Oʻzgarishlar rasman 10 apreldan kuchga kirgan. Ammo aholi uchun dabdurustdan amalga oshirilgani uchun hozircha yangi qoidalarga amal qilmaslik jarimaga tortilmaydi.

“IIV boshqa tegishli vazirlik va boshqarmalar bilan birgalikda bir oy davomida avvalgi normativ-huquqiy aktlarni yangi qoidalarga muvofiqlashtirishi lozim. Bu borada ish olib borilmoqda va qabul qilingandan soʻng albatta OAVni boxabar etamiz. Bir oy davomida yangi qoidalarga oʻtishga tayyorgarlik boʻladi va bu boʻyicha qoidabuzarlik jarimaga tortilmaydi”, — deydi Umarxonov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?