“Yiqilgan” abituriyent ham talaba boʻlishi mumkin

16:51 24 Avgust 2019 Jamiyat
599 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Abituriyentlar belgilangan kvota boʻyicha oʻqishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt toʻloviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

- 1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;

- 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;

- 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;

- 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;

- kirish uchun 4 balldan koʻp va minimal balldan (56,7) kam boʻlmaganda — 10 barobar va undan koʻp (yoʻnalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball toʻplaganlar ham talaba boʻlishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini toʻlashi lozim.

Masalan, oshirilgan toʻlov kontrakti 10 barobar (10 mln. soʻm) boʻlsa — 20 barobar (20 mln. soʻm) toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi oʻquv yili uchun toʻlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?