Yilning eng chiroyli goli sovrini uchun kurashuvchilar maʼlum boʻldi

13:02 05 Sentyabr 2018 Sport
608 0
Foto: FIFA

FIFA 2018 yilning eng chiroyli goli uchun topshiriladigan Ferens Pushkash nomidagi sovrin uchun kurashadigan futbolchilarni eʼlon qildi.

Ular - Denis Cherishev (Rossiya terma jamoasi), Garet Beyl (“Real”), Lazaros Xristodulopulos (“Olimpiakos”), Krishtianu Ronaldu (“Real”/ “Yuventus”), Jorjian de Arraskaeta (“Kruzeyro”), Rayli Makgri (“Nyukasl Jets”), Lionel Messi (“Barselona”), Benjamen Pavar (Fransiya terma jamoasi), Rikardu Kuarejma (Portugaliya terma jamoasi), Muhammad Saloh (“Liverpul”).

Gʻolib nomi 24 sentyabr kuni Londonda oʻtkaziladigan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019