Yilni optimist boʻlib yakunlashning 6 sababi maʼlum qilindi. Ularning ichida Oʻzbekiston ham bor.

20:28 24 Dekabr 2019 Lifestyle
1197 0

Bugungi kunda bildirilayotgan turli-tuman noxush prognozlarga qaramasdan AQSHdagi yetakchi tahlil markazlaridan biri Atlantic Councilʼning ijrochi direktori Frederik Kempe yilni umid va koʻngilni toʻq qilib yakunlash kerakligini maʼlum qildi. U bunda mashhur siyosatchi Uinston Cherchilning “Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchilik koʻradi, optimist esa har bir qiyinchilikda imkoniyat koʻradi” degan maslahatiga quloq solishini taʼkidlaydi. Amerikalik ushbu taniqlik tahlilchi-ekspert CNBCtelekanali uchun 2020-yilda optimist boʻlishning 6 ta sababini tuzib berdi. Eʼtiborlisi, ularning ichidan Oʻzbekiston ham joy olgan. Bu haqda sal keyinroq...

Keling, shularga kengroq toʻxtalamiz.

1. Global taraqqiyot yuksalyapti

Dunyoda hech qachon bu darajada yaxshi boʻlmagan. Bugunga kelib global farovonlik tarixdagi eng yuqori darajasiga koʻtarildi, deyiladi yaqinda eʼlon qilingan Legatum yuksalish indeksida. Oxirgi oʻn yilda ushbu koʻrsatkich dunyoning 148 ta mamlakatida yaxshilangan boʻlsa, faqatgina 19 tasida qisqardi.

Sogʻliqni saqlash, kattalar taʼlimidan tortib asosiy xizmatlar va moliyaviy taʼminotgacha barchasi ijobiy tomonga oʻzgardi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 1990-yildan buyon yarim milliarddan ortiq kishi oʻta qashshoqlik holatida chiqdi. Pirovardida bunday aholi qatlami jahonda 10 foizga qisqardi. Garchi bu ham xavotir uygʻotsa-da, ammo kuzatuvlar davridan beri qayd etilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

2. Ilgari uncha yaxshi taassurot qoldirmagan mamlakatlar yaxshi tomonga oʻzgarib bormoqda

The Economist har dekabrda “Yil mamlakati”ni tanlaydi va u joriy yilda Oʻzbekiston boʻldi. Ilgarilari deyarli barcha reytinglarda pastki oʻrinlarga egallab kelgan mazkur davlat oxirgi uch yilda ulkan islohotlarni olib boryapti va yanada ochiq, yanada erkin boʻlib, yanada yuksalib bormoqda.

Omar al-Bashirning rejimidan qutulgan Sudan ham oldinga qarab katta qadam tashladi. Bu u yerda yaqin orada vaziyat yaxshilanishiga umid qilish imkonini beradi.

3. Insoniyatning yarmi demokratik davlatlarda yashamoqda

Garchi mamlakatlar(ham rivojlanayotgan, ham kam taraqqiy topgan) ichida notenglik oʻsib borayotgani xavotirga sabab boʻlsa-da, davlatlar oʻrtasidagi global notenglik pasayayotganiga eʼtiborni qaratish lozim. Sanoat inqilobidan keyin birinchi marta dunyo aholisining qariyb yarmini deyarli oʻrta sinf vakillari deb hisoblash mumkin.

Bundan tashqari, bashariyat tarixining aksariyat insonlar nodemokratik rejimlarda yashagan katta qismidan farqli ravishda bugungi kunda dunyo aholisining deyarli yarmi bugungi kunda demokratik mamlakatlarda yashayapti.

4. Urushlar soni kamaydi

Buyuk Britaniya kelgusida yilda Yevropa Ittifoqidan chiqishga tayyorgarlik koʻrayotgan hozirgi paytda fatalist(taqdirga ishonuvchi)lar yana oyoqqa turishmoqda. Lekin ular Gʻarbiy Yevropada uch avlod davomida birorta urush yoki mojaro boʻlmaganini unutishyapti. Va bunday YEI, shuningdek, Fransiya va Germaniya oʻrtasida tinchlik oʻrnatilishi katta rol oʻynadi.

Xitoy va AQSH oʻrtasidagi tanglik oʻsib borayotgan boʻlsa ham, hech kim urushni xohlamaydi. 1500-yildan buyon davom etayotgan dunyo tarixi guvohlik beradiki, jahonning eng katta ikkita kuchi ushbu davrning qariyb yarmini bir-birlari bilan urushib oʻtkazgan. Biroq Ikkinchi jahon urushidan keyin tarixiy tinchlik davri boshlandi. Mazkur tendensiyani saqlash qolish uchun esa aynan shu jihatga koʻproq ahamiyat qaratish kerak.

5. Biz yanada aqlli va sabr-toqatliroq boʻlib boryapmiz

Bill Geyst Stiven Pinkerning “Bugungi maʼrifat” kitobidan iqtibos keltirar ekan, har oʻn yilda IQ(aql koeffitsiyenti)ning global oʻrtacha koʻrsatkichi taxminan 3IQ ballga yuksalib bormoqda.

Odamlar milliy ozchilikka nisbatan bagʻrikengroq boʻlib bormoqda, global tenglik oʻsyapti, har qanday kamsitish va tahqirlash holatlari qoralanmoqda, bartarf etilayotir. Hatto 10 yoki 20 yil oldin bunday emas edi.

6. Texnologiyalar sayyorani qutqarishi mumkin

Albatta, sunʼiy ong koʻpchilik sabablari boʻyicha qoʻrqinchli tuyulishi mumkin. Shu bilan bir qatorda moziy texnologik oʻzgarishlar salbiy oqibatlardan koʻra ijobiy yuksalish olib kelgani haqidagi misollar koʻproq. Ilgʻor texnologiyalar sogʻliqni saqlashni yaxshilash va hatto iqlim muammolarini hal etishi mumkin.

Jeremi OʼBrayen Jahon iqtisodiy forumi uchun yozgan maqolasida kvantli hisoblash iqlim oʻzgarishini uglerodni tutish uchun yangi katalizatorlar ochishga qodir boʻlgan modellashtirish yordamida yengib oʻtish mumkin. Bu zamonaviy modellardan koʻra arzonroq va samaraliroqdir.

Albatta, muvozanatni saqlash uchun 2020-yildagi pessimizm manbasiga aylanishi mumkin boʻlgan muammolar haqida ham yozish kerak edi. Ammo har qanday vaziyatda ham Yangi yil arafasida optimist boʻlib qolish yaxshiroqdir. Zero, optimistlar global muammolarga yechim topishga tayyordir, chunki ular buni topishlariga ishonadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?