Yil yakunigacha Sharof Rashidov tumanida 20 ta xususiy bogʻcha quriladi

19:30 22 Mart 2019 Jamiyat
333 0

Illyustrativ foto

Bu yilgi Navroʻz ayyomi Jizzax viloyatining barcha shahar, tuman va qishloqlarida umumxalq sayillari tarzida oʻtkazilayotgani unga oʻzgacha fayz va shukuh bagʻishlamoqda. Bayramning asosiy tantanalari Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da boʻlib oʻtdi.

Bahorning betakror bayrami arafasida viloyatda sanoat korxonalaridan tashqari, bir nechta maktabgacha taʼlim muassasalari ham foydalanishga topshirildi.

Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi Yangiobod mahallasida ana shunday maskanlardan biri bolajonlarga taqdim etildi. Bu yerda 140 nafar jajji oʻgʻil-qiz rus va ingliz tillarini oʻrganadi.

Bogʻcha rahbari Aziza Majitovaning soʻzlariga koʻra, loyiha roʻyobiga 4,7 milliard soʻm sarflandi. Shunga qaramay, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga bepul qabul qilish rejalashtirilgan.

Ayyom arafasida tumanda “Kumushbibi koʻzmunchoq” deb nomlanuvchi yana bir maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi. Umuman, bu yil Sharof Rashidov tumanining oʻzida toʻrtta davlat va 20 ta xususiy bolalar bogʻchasi ochiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?