Yil oxirida meva-sabzavot narxlari nisbatan qimmat bo‘lishi mumkin

10:29 03 Avgust 2018 Jamiyat
226 0
Illyustrativ foto

2018 yilning ikkinchi yarmida inflyatsion xatarlar ham ichki, ham tashqi xarakterga ega bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank bergan hisobotda ma’lum qilingan.

Ichki xatarlarga tartibga solinuvchi narxlarni yanada indeksatsiyalash, shuningdek, kreditlash hajmlari kengayishi va ish haqining oshishi sharoitlarida ichki talabning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish kiradi.

Bu yerga yil oxirida meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oshishi ham kirib ketadi. Bundan tashqari, mahalliy meva va sabzavot ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyati ichki bozorda narx qimmatlashishi omiliga aylanishi mumkin - hammasi eksportga chiqadi va ichki ta’minot ancha qisqarishi mumkin.

Shu bilan birga, rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan byudjet xarajatlarining yuqori darajasi inflyatsiyaga bosim o‘tkazishi ham mumkin. Hosildorlik o‘sishining past darajadagi davomiyligi bilan bog‘liq noaniqlik ham mahalliy tovarlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha ishni ancha cheklaydi. Ish haqi mehnat unumdorligi o‘sishidan tezroq sur’atlarda o‘sadigan bo‘lsa, inflyatsiyaga talab tomonidan qo‘shimcha bosim bo‘ladi.

Tashqi xatarlar orasida asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiy faollikning zaiflashishi va O‘zbekistonning asosiy eksport pozitsiyalari bo‘yicha kon’yunkturaning yomonlashuvini ko‘rsatish mumkin.

Bu eksportdan valyuta tushumining pasayishiga olib kelishi mumkin va tashqi savdo balansi hamda so‘mning ayirboshlash kursiga bosim o‘tkazishi mumkin.

Bundan tashqari, jahonda neft narxlarining ko‘tarilishi import inflyatsiyasini oshirishi mumkin.

Bozorda qurilish materiallari, go‘sht, guruch va boshqa tovarlarga takliflarning yetarli emasligi bilan bog‘liq omillarning inflyatsion ta’siri zaiflashishiga ular importini kengaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?