Yil boshidan davlat dasturiga asosan 311,5 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

15:56 09 Avgust 2018 Jamiyat
130 0
Arxiv foto

2017— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar respublika bo‘yicha buyurtmachi hamda pudratchilar o‘rtasida jami 311,5 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu esa shartnoma qiymatiga nisbatan 46,0 foizni tashkil etadi.

Chunonchi, 95,5 km. magistral suv tarmog‘i, 171,4 km. ichimlik suv quvuri, 26,8 km. kanalizatsiya tarmog‘i hamda 19 dona suv saqlash hovuzi (rezervuar) qurildi, 301 obyektda 156,1 km. uzunlikdagi oqova suv tarmog‘i va 31,5 km. ichimlik suv tarmog‘ini qurish ishlari yakunlandi.

Shuningdek, 81,1 mlrd. so‘mlik 910,6 km.dan ortiq mintaqaviy yo‘llar ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?