Yil boshidan buyon jismoniy shaxslarga 3,2 mlrd dollar kredit ajratildi

18:48 15 Aprel 2019 Iqtisodiyot
271 0

Illyustrativ foto

2019 yil I chorak yakuni boʻyicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 26,7 trln. (salkam 3,2 mlrd dollar) soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga va joriy yil boshiga nisbatan 9 foizga oʻsdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar 65 mlrd. soʻmni tashkil etib, joriy yilning oʻtgan davrida 38 mlrd. soʻmga yoki 1,4 martaga oshdi.

Qayd etish lozimki, hisobot sanasiga jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda muammoli kreditlar ulushi past darajada boʻlib, ular 0,2 foizni tashkil etdi.

Quyidagi jadvalda kreditlarning oy boʻyicha taqsimlangan jadvali bilan tanishib olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?