Yil boshidan buyon jinoyatlar oqibatida 330,8 mlrd soʻm zarar yetkazilgan

12:16 22 Aprel 2019 Jamiyat
181 0

Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari boʻyicha jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni aniqlash va undirish choralari koʻrib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Statistik hisobotlarga koʻra, sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari yuzasidan prokuratura organlarida 2019 yil 3 oyi davomida jami 603 ta (2018 yilda 527 ta) iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari ish yurituvga qabul qilinib, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida jami 330,8 mlrd. soʻm (121,3 mlrd. soʻm) miqdorida zararlar aniqlanib, shundan 303,9 mlrd. soʻmi (115,6 mlrd. soʻm) yoki 91,9 foizi (95,3 foizi) tergov davomida undirilgan boʻlsa, qolgan 26,9 mlrd. soʻmi (5,7 mlrd. soʻm) yoki 8,1 foizi (4,7 foizi) zararni undirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan.

Shundan davlatga yetkazilgan 293,2 mlrd. soʻm (98,2 mlrd. soʻm) zarar undirildi.

Shuningdek, 2018 yil 3 oyi davomida davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarga yetkazilgan jami 6,2 mlrd. soʻm undirilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yilning 3 oyida 11,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Oʻtgan yilning 3 oyi davomida 29,5 mlrd. soʻm pullar naqd pul shaklida undirilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yilda 159,6 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilgi koʻrsatkichga nisbatan 5,4 barobarga oshgan boʻlsa, 28.8 mlrd. (16.1 mlrd.) soʻmlik zararni pul koʻchirish yoʻli bilan undirilishi taʼminlangan.

Mazkur yoʻnalishda ishlar tizimli davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?