Yil boshidan buyon Samarqandda 9 nafar onalar, 233 go‘daklar o‘limi qayd etildi

15:50 20 Iyul 2018 Jamiyat
448 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 9 nafar onalar o‘limi qayd etildi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasida viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A. Jo‘rayev ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, viloyatda onalar o‘limi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 taga ko‘paygan.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha 233 nafar go‘daklar o‘limi qayd etilib, o‘lim sabablari o‘rganilgan.

Ma’ruzada keltirilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 39 nafar tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan bolalar soni qayd etilgan.

Hisobot davrida onalik va bolalikni muhofaza qilishga, tug‘ish yoshidagi ayollarni reproduktiv salomatligini saqlashga doir amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 38 ming 91 nafar homiladorlarning 85,5 foizi (32 ming 572 nafari) birlamchi skrining bilan qamrab olindi.

Akusherlik patologiyasi va homilaning tug‘ma nuqsoni aniqlangan barcha ayollarning homiladorligi to‘xtatildi hamda viloyatda tug‘ilishlar soni 146 nafarga kamayishga erishilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?