Yil boshidan buyon Samarqandda 125 nafar poraxo‘r mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

17:41 13 Avgust 2018 Jamiyat
450 0
Illyustrativ foto

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida korrupsion jinoyatlarni fosh etish borasida 93 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar tarqatdi.

“Tahlillarga ko‘ra, shundan 125 nafar mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi. Jinoyati fosh etilgan mansabdor shaxslarning 3 nafari viloyat va 122 nafari tuman-shahar miqyosidagi idoralar, korxona tashkilot va muassasalarda rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlardir“, — deb aytgan viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi alohida muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi J.Rashidov..

Tergovchining aytishicha, ularning jinoyatlari mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, iqtisodiyotga jami 5 mlrd. 817 mln. 967 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?