Yil boshidan buyon salkam 4,5 ming isteʼmolchi turli muammolar sabab shikoyat bilan chiqqan

16:59 16 Iyul 2019 Iqtisodiyot
281 0

Oʻzbek xalqidan andishali, or-nomusli xalqni topish mushkul boʻlsa kerak... Ich-etini bir olam muammolar qiynasa ham indamay, birovga sezdirmay yashaydigan insonlar bizning millatimizda talaygina. Ammo jim yurgan bilan hayotimiz yaxshilanib, kamchiliklar bartaraf etilib qolinmaydi. Shu sababdan xalqni ichiga kirib borish, ular bilan samimiy muloqotlarda mavjud muammo va qiyinchiliklarni oʻrganishni bugungi kunning oʻzi talab qilmoqda. Shuning uchun har oyning ikkinchi oʻn kunligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparati raislarining aholi bilan muloqot kunlari etib belgilandi.

Mazkur muloqot kunlari doirasida ular har oyda eng kamida 5 tadan xonadonga shaxsan kirib, xonadon aʼzolari bilan bevosita suhbat qurib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi.

Joriy yilning yetti oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparati raislari tomonidan aholi (fuqarolar) bilan jami 4437 marotaba muloqot tashkil qilindi.

Ulardan 1087 tasi (24,5%) uy-joy kommunal, 703 tasi (15,8%)savdo, 177tasi (4,0%) sogʻliqni saqlash, 69tasi(1,6) aloqa,149 tasi(3,4%) transport, 133tasi(3,0%) xizmat koʻrsatish, 115 tasi(2,6) taʼlim va yana 2004(45,2) tasi boshqa sohalarga tegishli kamchilik va muammolar aniqlangan.

Mazkur muloqotlarning 1062(23,9%) tasi tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun yoʻnaltirilgan.

Respublikamizning barcha hududlari, ayniqsa eng chekka qishloq-ovullarda oʻrganilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan federatsiya xodimlari tomonidan asosli takliflar ishlab chiqildi. Aslida qilinayotgan bu ishlardan asosiy maqsad xalqimizni qiynayotgan masalalarga faqat soʻzda emas, amalda yechim topishdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?