Yil boshidan buyon Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,206 milliard dollarga kamaydi

18:48 21 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
437 0

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar-avgust oraligʻida 5%ga qisqarib, 26,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlarida aks etgan.

Oʻzbekiston oltin zaxirasi umumiy hajmi avgust oyida 151 mln AQSH dollariga oshib, 13,9 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi.

Avgust oyida oltin zaxirasining 6,83 tonnaga koʻpaydi va 1 sentyabr sanasiga 327,54 tonnani tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga taʼsiri- 970,4 mln.doll.)

Xorijiy valyutadagi aktivlar esa avgust oyining oxiriga kelib 12,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Oldingi oyga nisbatan xorijiy valyuta zaxiralari 670 mln AQSH dollariga kamaygan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?