Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 2,3 mlrd dollar pul jo‘natildi

15:01 01 Avgust 2018 Iqtisodiyot
353 0
Illyustrativ foto

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 2,3 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag‘ kelib tushdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” Markaziy bank hisobotidagi raqamlarga tayanib xabar bermoqda.

Natijada ikkinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan bir pul miqdori birinchi chorakdagiga nisbatan ancha o‘sgani qayd qilindi. Birinchi chorakda jami jo‘natmalar miqdori 949 mln dollarni tashkil qilgandi.

“Jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori joriy yilning yanvar-iyun oyida 14 foizga oshdi. Bu dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, eksport-import hajmining 2018 yilning birinchi yarimyilligida ijobiy saldo bilan chiqishini ta’minlaydi”, deyiladi bank axborotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?