Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga 20 ta elektromobil olib kirildi

17:05 11 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
842 0

Oʻzbekistonda elektromobillar uchun boj undirish tartibi yana bekor qilindi. Bu davlatimiz rahbarining 10-dekabrdagi yoʻl tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorida belgilab qoʻyildi, deb yozadi Norma.uz.

Ayni paytda ham elektromobillarga bojxona toʻlovi ham, aksiz soligʻi ham solinmaydi.

Biroq Prezidentimizning shu yil iyun oyida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektromobillarni olib kirish uchun 10 foizlik toʻlov koʻrsatib oʻtilgan edi.

Oxirgi qarorda esa bu tartib bekor qilindi. Bundan buyon ham elektromobillarni yurtimizga bojxona bojlarini toʻlamasdan olib kirish mumkin. Gap TN VED 870380 kodli, faqat elektr dvigateli bilan harakatga keladigan transport vositasi haqida ketyapti.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonga joriy yil boshidan buyon 20 ta avtomobil olib kelingan boʻlsa, davlatimiz rahbariga Qoʻqon shahrida qiymati 3000 AQSH dollarilik elektromobil namoyish etilgandi. “Shaffof omadli sanoat” 2021 yilda bu boradagi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtiryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?