Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda tashqi savdo aylanmasi 20 mlrd dollardan oshdi

11:09 14 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
199 0
Illyustrativ foto

2018 yil yanvar-avgust oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18,5 %ga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Shu jumladan, eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSH dollarga (oʻsish surʼati 4,4 %) va import hajmi 12,0 mlrd. AQSH dollariga (oʻsish surʼati 31,2 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 3,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi.

2018 yil yanvar-avgust oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan deyarli oʻzgarishsiz qoldi. Respublikada tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2018 yil yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 % oshdi va 38,8 % ga yetdi.

Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2017 yilning yanvar-avgust oylarida 66,8 %ni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasi 61,2 %ga tushdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?