Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 90ta qotillik qayd etildi

16:05 17 Aprel 2019 Jamiyat
347 0

Illyustrativ foto

Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilindi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari oʻtkazilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, oʻtgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan boʻlib, bu koʻrsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.

Respublika boʻyicha 2019 yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. Eʼtiborli tomoni, sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?