Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 8 ming oila ajrashdi. Eng yuqori koʻrsatkich qaysi hududda?

16:46 22 Aprel 2019 Jamiyat
668 0

Illyustrativ foto

2019 yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 8,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan boʻlib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti 1,0 promilleni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan birinchi chorak yakunlari boʻyicha taqdim etilgan hisobotda maʼlum qilingan.

Unda qayd qilinishicha, ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Buxoro (25,0 %), Namangan (16,7 %), va Andijon (11,1%) viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.

2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (33,3 %) Samarqand va Xorazm (11,1 %) viloyatlarida kuzatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?