Yil boshidan buyon majburiy ijro byurosi tomonidan salkam 3 mlrd dollar mablag‘lar undirildi

12:19 26 Iyul 2018 Jamiyat
355 0
Foto: Majburiy ijro byurosi

Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida undirilgan mablag‘lar miqdori ma’lum qilindi. Bu haqda 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Bosh prokuratura hay’atining navbatdagi majlisi hisobotida ma’lum qilingan.

Unda qayd qilinishicha, Majburiy ijro byurosi tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun 14,2 trln. so‘m mablag‘lar undirilgan.

Shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha 8,7 trln. so‘m mablag‘lar undirilishi ta’minlangan. Shunda jami undirilgan mablag‘ 22,9 trln so‘mni (2,94 mlrd AQSH dollari) tashkil qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?