Yil boshidan buyon 131 mingdan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi

16:28 22 Iyun 2018 Jamiyat
136 0

Joriy yilning 5 oyi davomida respublikamizda 131 mingdan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bugungi kunga qadar mamlakatimizda 168 ming 634 nafar ishsiz xotin-qizlar borligi aniqlanib, ulardan 131 ming nafardan ziyodi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Jumladan, 29 ming 785 nafari xotin-qiz joylardagi korxona, tashkilotlarga, 8 ming 679 nafari kichik korxonalarga, 3 ming 466 nafar beka kasanachilikka, 8 ming 967 nafari oilaviy tadbirkorlik, shuningdek, 62 ming 335 nafar xotin-qiz ipak qurti parvarishiga jalb etildi.

Qolaversa, uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbga qayta tayyorlash borasida ham aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ulardan 46 ming nafarga yaqini esa bandlik markazlarida ro‘yxatga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?