YHQ buzilishlaridan undiriladigan jarimalar qanday taqsimlanadi?

12:25 01 Noyabr 2018 Jamiyat
157 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” amalga oshirilishi belgilandi.

Avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima summasi quyidagicha taqsimlanadi:

20 foiz – Davlat byudjetiga;

20 foiz – yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetga;

25 foiz – Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga;

10 foiz – Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi hisobiga;

25 foiz – investitsiyaviy xarajatlarning hajmi qoplanguniga qadar Investor hisobiga. Investitsiyaviy xarajatlar toʻliq qoplanganidan soʻng ushbu summa Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?