YHQ buzilishini nazorat qilishda Germaniya kompaniyalari yordam beradi

12:05 01 Noyabr 2018 Jamiyat
476 0

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qarorga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” amalga oshirilishi belgilandi.

Ushbu loyiha “ATLAS International” (Germaniya) kompaniyalari bilan hamkorlikda 2018–2019 yillarda dastlab Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish uchun jami 300 mln. yevro toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?