YHXBB “Equinox AT”, “Volkswagen Caddy", “Malibu-2” kabi avtomobillarni nega xarid qilgan edi? — vaziyatga oydinlik kiritildi

14:24 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
401 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 sotib olgani maʼlum boʻldi” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan edi. IIV YHXBB ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi:

"Haqiqatdan ham, Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida, xizmatda foydalanish uchun 2020-yil avgust-oktyabr oylarida 15 ta “Equinox AT”, 20 ta “Cobalt GS/16MTB”, 13 ta “Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus)”, 1 ta “Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus)”, 2 ta “Volkswagen Caddy (Trendline)”, 14 ta “Avtobus (SAZ HC-40)” va 16 ta “Malibu-2” rusumli avtotransport vositalari 18 milliard 789 million 813 ming soʻmga xarid qilindi.

Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini maʼlum qilamiz.

Barchadan, xarid qilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu bilan fuqarolarni notoʻgʻri maʼlumotlar bilan chalgʻitmasliklarini soʻrab qolamiz!"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?