Goldman Sachs: Jahon chempionati finalida Belgiya Angliyaga qarshi o‘ynaydi va ...

13:06 10 Iyul 2018 Sport
988 0
Foto: Комсомольская правда

Dunyodagi eng yirik investitsion banklardan biri hisoblangan Goldman Sachs(AQSH) tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finalida Belgiya Angliyaga qarshi o‘ynaydi va belgiyaliklar g‘alaba qozonadi.

Mutaxassislar bu borada 1 millionta o‘yinni modellashtirib ko‘rishgan. Ma’lumot uchun, mazkur tashkilot ekspertlari turnirning turli bosqichlarida taxminlar bildirib kelyapti. Jumladan, mundial oldidan ular rossiyaliklar biror marta g‘alaba qozona olmaydi degan bo‘lsa, guruh bahslari boshlanishiga oz qolganda Braziliya hal qiluvchi bellashuvda Germaniyani mag‘lub etib chempionga aylanishini bashorat qildi. Nimchorak finalga kelib finalda Braziliya va Angliya bir-biriga duch kelishi va “sariq devlar” zafar quchishini prognoz qildi. Ularning baxtiga qarshi, braziliyaliklar chorak finalda Belgiyadan 1:2 hisobida yutqazib, JCHni tark etishdi.

Hech bashorat qilishdan charchamaydigan va ayrim hollarda uyalmaydigan mazkur moliya muassasasi tahlilchilari yarim finalda xorvatlarning inglizlarga, fransuzlarning esa belgiyaliklarga imkoniyatni boy berishini ta’kidlashmoqda.

Prognoz turnir setkasini modullashtirish asosida amalga oshirildi. Lekin turnir setkasini inobatga olmagan holda potensial g‘oliblarning yangilangan reytingini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Fransiyada birinchi o‘rinni egallash imkoni (29,8 foiz) Angliyaga nisbatan ko‘proq(20,2). O‘z navbatida bu borada eng katta ko‘rsatkich Belgiyaga tegishli – 34,6 foiz, eng pasti esa Xorvatiyada — 17,4 foiz.

Mazkur reyting beshta omil bo‘yicha guruhlashtirilgan: terma jamoaning Elo futbol reytingidagi pozitsiyasi(amerikalik olim Arpad Elo tomonidan ishlab chiqilgan g‘olibning ikki ishtirokchi bilan o‘yinini hisoblash metodikasi), futbolchilarning individual xususiyatlari, jamoaning oxirgi natijalari(so‘nggi o‘nta bahsdagi g‘alaba va mag‘lubiyat proporsiyasi), raqib jamoalar natijalari hamda oxirgi bahslarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati.

Ehtimollikning 200 mingta daraxti(barcha muqobil variantlarni ko‘rsatib beruvchi matematik amal)ni tuzgan va 1 millionta matchni modellashtirgan Goldman Sachs ekspertlarining fundamental yondashuvida rossiyaliklar bilan bog‘liq natija ikki bor xato hisoblangan. Avvaliga iqtisodchilar Cherchesov shogirdlari biror marta ham g‘alaba qozonmay, pley-offga chiqa olmaydi degan bo‘lishsa, keyin Ispaniyadan ortda qolib ketishini aytishgandi.

Biroq Rossiya guruh bosqichida Saudiya Arabistoni va Misrni mag‘lub etdi, Urugvayga imkoniyatni boy berib, nimchorak finalga chiqdi. Ushbu bosqichda Ispaniya penaltilar bo‘yicha mag‘lub etildi. Xorvatlarga qarshi keskin va murosasiz kechgan chorak final bellashuvida “lotoreyalar seriyasi”da 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Angliya esa chorak finalda shvedlar darvozasiga javobsiz ikkita to‘p yo‘llab, oxirgi 28 yil ichida ilk bor final ostonasiga yetib keldi. Belgiya esa Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgani haqida yuqorida aytib o‘tdik.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da mundialning birinchi yarim final o‘yini boshlanadi. Unda Fransiya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.

12 iyul kuni 23:00 da Angliya — Xorvatiya boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?