Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiyda samosud» nomi ostida tarqalgan video yozuv yuzasidan

13:10 08 Oktyabr 2020 Jamiyat
4777 0

2020-yil 7-oktyabr kuni “Telegram” messenjeri orqali fuqaroni boʻyin va qoʻl qismlarini arqon bilan bogʻlagan hamda fuqaroga tan jarohati yetkazish alomatlari mavjud koʻrinishda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davrida qoʻyidagilar aniqlangan:

Jumladan, yilning 03-oktyabr kuni soat 10:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan fermer xoʻjaligi yer maydonida ushbu fermer xoʻjalik ishchisi boʻlgan 32-yoshli S.Sh. spirtli ichimlik isteʼmol qilib mast holda fermer xoʻjaligi rahbari 26-yoshli J.N.ni shaʼni va qadr qimmatini kamsituvchi har xil qoʻpol soʻzlar bilan haqoratlagan. Fermer xoʻjaligi rahbari J.N. hamda ishchisi S.Sh.ni yuzi va tanasini turli joylariga urib, tepgan holda jarohat yetkazib, boʻyindan arqon bilan bogʻlab, qoʻshni fermer xoʻjaligi traktorchisi fuqaro 28-yoshli S.N. bilan birgalikda uning traktorida fuqaro S.Sh.ni fermer xoʻjalikning dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solib daraxtga bogʻlab, tashlab ketganliklari aniqlangan.

Oʻz navbatida ushbu kuni boʻlgan holatni J.N., oʻzining qoʻl telefoniga video tasvirga olib tanishi T.R.ga “Telegram” messenjeri orqali yuborgan T.R. ushbu videoni Qiziltepa tumanidagi tanishlariga yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2020-yil 04-oktyabr kuni fuqaro S.Sh. fermer xoʻjaligi rahbari J.N.ning Qiziltepa tumani «Azizabod» MFYdagi yashash xonadoniga bir kun oldingi holatga oydinlik kiritish maqsadida borganida fermer xoʻjaligi rahbarining otasi 52-yoshli N.V., oʻzaro vujudga kelgan tortishuvdan soʻng S.Sh.ni yashash xonadoniga olib kirib tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138-moddasi 1-qismi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Surishtiruv davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida koʻrsatilgan “Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?