“Ijtimoiy xodim” maqomi tasdiqlandi

18:34 19 Iyun 2020 Jamiyat
285 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Moliya, Ichki ishlar vazirliklari hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Ijtimoiy xodim” maqomi tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga koʻra, idoralararo Qoʻshma qaror bilan “Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma tasdiqlandi.

Yoʻriqnomaga asosan, ijtimoiy xodim – ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega boʻlgan shaxs hisoblanadi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar, oilalarga yuzaga kelgan ijtimoiy muammolarini yengib oʻtishga hamda jamiyatda boshqa shaxslar bilan teng imkoniyatlardan foydalanishiga shart – sharoit yaratishga qaratilgan ish va xizmatlarni koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?