Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar otaliqqa olinadi

15:08 12 Mart 2020 Jamiyat
117 0

“Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (141-son, 11.03.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv rejalari va dasturlari yangidan ishlab chiqiladi, ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib oʻqitiladi.

Qaror bilan ushbu maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan OTMlar, vazirlik va idoralar, hokimliklar roʻyxati tasdiqlandi hamda ularga vazifalar yuklandi.

Qarorga koʻra, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashgʻulotlarni olib borishda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning eʼtirof etilgan darsliklaridan foydalaniladi.

2020-yil sentyabrdan boshlab:

• mazkur maktablarning maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama toʻlanadi, shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi;

• ushbu maktablarda dars bergan OTMlar professor-oʻqituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga 30 foiz miqdorida ustama haq toʻlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?