“Izboskandagi klaster ketmonchi ayollarning pulini bermayapti”mi? — Bosh prokuratura o'rganish o'tkazdi

16:32 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
147 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Izboskandagi klaster ketmonchi ayollarning pulini bermayapti” sarlavhali videoxabar Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganildi.

Aniqlanishicha, Izboskan tumanida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «Soxib omad baraka» MCHJ tomonidan tumanda 1.815 gektar maydonida gʻoʻza parvarish ishlari olib borilgan. Ushbu maydonda uyushmagan aholi orasidan jami 1.350 nafar fuqaro ogʻzaki kelishuvga asosan ish haqi sifatida oyiga 400 ming soʻmdan ishlab kelishgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali videoxabar yuborgan ayollar aynan «Soxib omad baraka» MCHJga qarashli hududda mehnat qilishgan.

Ushbu fuqarolarning oylik maoshlari aprel, may va iyun oylari uchun oʻzaro ogʻzaki kelishuvga asosan MCHJ tomonidan oʻz vaqtida toʻlab berilgan.

Joriy yilning iyul oyi uchun kelishuvga asosan fuqarolarning belgilangan oylik maoshlari «Soxibi omad baraka» MCHJ klasteri tomonidan pandemiya sababli, yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilik sabab oylik maoshlarini 05.09.2020-yil holatiga qadar toʻlab berilmaganligi aniqlangan.

Viloyat prokuraturasining aralashuvi bilan joriy yilning 6-sentyabr kuni «Soxib omad baraka» MCHJ aʼzolariga jami 249 mln 500 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?