Italiyaga katta futbol qaytmoqda. Klublar mashgʻulotlarni qayta boshladi

02:22 06 May 2020 Sport
315 0

Foto: РИА Новости

Futbol boʻyicha Italiya chempionati — “A“ seriyada ishtirok etuvchi “Sassuolo“ va “Bolonya“ klublari yana mashgʻulotlarga kirishdi.

Maʼlumki, koronavirus epidemiyasi sababli 10-mart kuni Italiya chempionati toʻxtatilgan edi. Yaqinda oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, “A“ seriyada ishtirok etayotgan 20 klub chempionatni oxiriga yetkazib qoʻyishni yoqlab ovoz bergan. Shu bois klublarga 4-maydan individual, 18-maydan jamoaviy mashgʻulotlarni boshlashlari mumkinligi bildirilgan.

Shundan kelib chiqib, 4-maydan boshlab, birinchilardan boʻlib “Sassuolo“ klubi yana mashgʻulotlarni boshladi. Klub rasmiy saytida berilgan xabarga koʻra, bunda ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilinadi. Yaʼni uchta maydonda soatiga olti nafardan koʻp boʻlmagan futbolchi mashgʻulotda qatnashadi. Klubga qarashli boshqa binolarga kirish taʼqiqlanadi.

Keyinroq “Boloniya“ klubi ham mashgʻulotlarga qaytganini eʼlon qildi.

Bu ikkala klub Italiyaning Emiliya-Romanya viloyatida joylashgan. Mashgʻulotlarni boshlashga viloyat rahbari Stefano Bonachchini ham rozilik bergan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “Parma“ va SPAL jamoalarining qarorgohi ham ushbu hududda joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?