Italiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonga keladi

09:34 13 Noyabr 2018 Siyosat
541 0

2018 yilning 14 noyabr kuni Toshkent shahriga Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri oʻrinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi kutilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif dasturidan tashqi ishlar, tashqi savdo vazirliklari, investitsiya, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitalarida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish oʻrin olgan.

Italiya delegatsiyasi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ham ishtirok etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?