Italiya Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

16:28 06 Mart 2020 Jamiyat
103 0

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning aʼzolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda boʻlib turilibdi. Oʻzbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Ташкент-Торино-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 nafar fuqaro turadi.

2020-yil 6-mart kuni ertalabki holatga koʻra Italiyada Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning maʼlum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa koʻchirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab aʼzolarining telefon maʼlumotlari:

Abdulaziz Abduganiyev, Siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchi

+390687775827; +393441124141

Munira Nizamova, Konsul, birinchi kotib

+390687775739; +393356080226

Doston Omonov, Attashe

+390687775724; +393358155529

Xushnud Artikov, “Uzbekistan Airways” AJning Italiyadagi vakili

+390642014811; +393476994402

Elchixonaning internet-resurslari:

Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/

Elektron pochta: ambasciata@uzbekistanitalia.org

Facebookdagi sahifa: www.facebook.com/ UZEmbassyItaly/

Telegramdagi guruhlar: “Nashi studentы v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020”

Elchixona manzili:

Ambasciata dellʻUzbekistan in Italia

Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma
TIV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?